Odessa viloyat ma'muriyati raisi Mixail Saakaşvili Odessadan parom keçuvlari qurib, ular orqali Rossiyadan ötadigan yöllarni aylanib ötgan holda Yevropaga yuk yetkaziş borasidagi rejalarini oşkor qildi. Bu haqda şaharning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Axborotnomada ta'kidlanişiça, bu işga qiziqiş bildirgan investorlar ham bor.

“Rossiya orqali yuk 30 kun yöl bosadi. Ozarbayjon, Potidan Odessagaça bölgan butun logistika esa 9 kun vaqt oladi. Biznesni bu yerga yönaltiriş uçun avvalo tariflarni tuşiriş lozim. Ikkinçidan, parom keçuvlari va logistika markazlari kerak”, – ta'kidladi Gruziyaning sobiq prezidenti.