2015 yil boşidan beri AQŞ politsiyaçilari tomonidan öldirilgan odamlar soni 500 kişiga yetdi. Bu haqda Guardian naşri öz tekşiruvlari yakunlariga köra ma'lumot berdi.
Naşrning fikriça, yil oxiriga qadar bu son 1 000 kişini taşkil qilişi mumkin.
Halok bölganlarning 49.6 foizi oq tanlilar, 28.2 foizi afroamerikaliklar, 14.8 foizi Lotin Amerikasi vakillari bölgan. Ulardan faqat 21 foizi qurolga ega bölgan. Öldirilganlarning köpçiligi – 95.2 foizi erkaklardir.
Eslatib ötamiz, may oyining oxirida The Washington Post gazetasi politsiyaçilar tomonidan turli operatsiyalar jarayonida 385 kişi otib taşlanganini ma'lum qilgan edi. Bunda faqat öq otar qurol bilan öldirilgan odamlar hisobga olingan edi.
Uşbu 385 holatlardan faqat 3tasida politsiyaçilar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Umuman olganda, oxirgi 10 yil içida AQŞ politsiyasi tomonidan minglab marotaba öt oçilgan bölib, 54 holatlarda ayblovlar ilgari surilgan.






