Nestle kompaniyasining tez tayyorlanadigan Maggi lağmoni qonun bilan taqiqlab qöyilgandan söng asosiy kontrabanda tovarlaridan biriga aylandi, deb darak beradi Hindustan Times naşri. Naşrning eslatib ötişiça, u uzoq yillar mobaynida Hindistondagi sevimli taomlardan biri bölib kelgan.
Endilikda yemişning muxlislari uni hatto yirik şaharlardan ham katta qiyinçiliklar bilan qidirib topmoqda. Sotuvçilar uning örniga taklif qilingan lağmonlarni ötkaza olmagan.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta Nestle kompaniyasi butun Hindiston böylab lağmonlarni sotuvdan çiqardi. Nyu-Dehli hokimiyati esa 15 taqiq örnatdi. Ta'kidlanişiça, mahsulotning navbatdagi partiyasida qörğoşin darajasining oşib ketişi bularga sabab bölgan.






