Qozoğistonda qonuniylik, tartib-intizomni ta'minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi çoğida mamlakat boş prokurori Asqat Dovulboyev kiçik yoşdagi bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarining kelib çiqişiga sabab bölayotgan asosiy omillarga töxtalib ötdi. Uning fikriça, bunga içkilikbozlik va quyi ijtimoiy maqom turtki bölmoqda.

“Butun aholi, şu jumladan, bolalarning ham ijtimoiy tarmoqlarga çiqiş imkoniyatlari çeklanmagan. Tarmoqlarda ular şu turdagi videolavhalarni köradi yoki tarqatadi. Internet uyuşmasining oxirgi hisob-kitoblariga qaraganda, Qozoğistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sahnalari aks etgan pornografik materiallar keng tarqalmoqda. Boşqa omillardan biri içkilikbozlikdir. Bu turdagi jinoyatlarning aksariyat qismi mast holda sodir etiladi. Xalqaro soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga qaraganda, biz Markaziy Osiyo davlatlarida içkilikbozlik böyiça birinçi örinlarda yuramiz. Keng tarqalgan omillar sirasiga yana oilalarning quyi ijtimoiy maqomi kiradi; bunday oilalarda tarbiyalangan bolalar zöravonlik qurboniga aylanişi mumkin”, – uning sözlarini keltiradi BNews.kz.