10 iyun kuni Samarqand viloyatida ulamolar va keng jamoatçilik vakillari iştirokida “Ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi” mavzuida respublika anjumani bölib ötdi. Unga respublikaning barça viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan diniy soha vakillari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasining mutasaddi xodimlari taşrif buyurişdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasining matbuot xizmati xabar berdi.
"Tobora globallaşib borayotgan bugungi axborot asrida musulmon mamlakatlarida keçayotgan murakkab jarayonlarning asl mohiyatini anglaş, turli aqidaparast kuçlarning osoyiştalikka putur yetkaziş maqsadida çiqarayotgan fitnalarining oldini oliş, halqaro islomiy taşkilotlar, islom olamidagi nufuzli ilmiy muassasalar, ulamolarning diniy ekstremizm va terrorizimga nisbatan bildirayotgan fikrlarini jamoatçilikka yetkaziş, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, ogohlik va huşyorlikni oşiriş kabi muhim va öta dolzarb masalalarda diniy soha xodimlari va ulamolarning rolini kuçaytiriş maqsadida ötkazilgan uşbu anjumanni Davlat maslahatçisining örinbosari M. Axmedjanov kiriş sözi bilan oçib berdi. Şundan söng sözga çiqqan notiqlar bugungi kunda dolzab bölgan bir qator mavzularda ma'ruzalar qildilar. Jumladan, Yaqin Şarq mintaqasida keçayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarşi kuraş yöllari, barqarorlikka rahna solayotgan aqidaparast kuçlarning soxta da'volariga berilgan raddiyalar kabi mavzular iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi", deyiladi xabarda.
Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov sözga çiqib, ijtimoiy barqarorlikni saqlaş, millatlar va dinlararo hamjihatlikni mustahkamlaş, ogohlik va huşyorlikni oşirişda imom-xatiblarning örni va vazifalari haqida gapirdi. Bu yölda amalga oşirayotgan işlar töğrisida atrofliça töxtalib ötgan.
Anjuman iştirokçilari aqidaparast oqimlar va terrorçi taşkilotlarning soxta da'volariga nisbatan özlarining yakdil sof islomiy qaraşlarini belgilab olgan.






