1979 yili Samarqand viloyatida tuğilgan Umid Şoniyozov Toşkent şahriga marixuana giyohvand moddasi olib kirmoqçi bölgan çoğda “Erkin” YPX maskanida nazoratçilar tomonidan qölga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Ma'lum bölişiça, Şoniyozov dösti Salimdan 600 ming sömlik antennani nasiyaga olib, uyiga örnatgan, ammo öz vaqtida qarzini qaytara olmagan. Bundan taşqari, kiçkina qizi kasal bölib qolib, dori-darmonga pul kerak bölib qolgan. Mana şunday ahvolda turganida u qişloq maktabining orqasida naşa ösimligini topib olgan. Uning quritilgan barglarini 13 gugurt qutisiga joylab, Toşkentda sotib kelişni niyat qilgan.
Şohbekatda uçrab qolgan tanişi Mirkamol uni poytaxtga olib borib qöyişga köngan. Ammo tekşiruv çoğida Şoniyozovning asablari doş bermay, qoçişga harakat qilgan. YPH maskani nazoratçilari tomonidan qölga olingan Şoniyozovning yonidan 53-54 gramm marixuana moddasi topilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.






