Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasining "Bola huquqlari töğrisida"gi Konventsiya hamda "Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida"gi Qonunning Toşkent şahridaga ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.

Unda qayd etilganidek, bugungi kunda Toşkent şahrida 2 mln 376 ming 700 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 751 ming 360 nafarini voyaga yetmaganlar taşkil etadi.

Toşkent şahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar işlari böyiça şahar va tuman komissiyalari tomonidan 2011-2014 yillar davomida jami 1 ming 98 ta komissiya yiğilişlarida 2 ming 962 ta işlar körib çiqilgan . Voyaga yetmaganlarni qarovsizligi va nazoratsizligi, huquqbuzarlik va jamiyatga qarşi harakatlar sodir etişiga sabab bölgan holatlarni bartaraf etiş uçun 132 ta taqdimnoma kiritilib, buning natijasida 174 nafar şaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.