Hindistonda mamlakatning öz kuçlari bilan qurilgan ilk avianosetsi suvga tuşirildi, deb xabar bermoqda The Times of India naşri. “Vikrant” nomli uşbu avianosets Koçinadagi verf dokidan çiqarildi va zavod priçali devoriga suvda turgan holda quriş işlarini yakunlaş uçun tirab qöyildi.
Kema sinovdan ötkaziş uçun dengizga 2016 yilning oxirida çiqarilişi, töliq qurilişi esa 2018 yilga yakunlanişi rejalaştirilgan. Kema şu yilning özida flotga topşirilişi kerak, biroq ba'zi mutaxassislar kema bu muddatga topşirilişiga şubha bilan qaraşmoqda va kema Hindiston Harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga 2020 yilgaça kiritilmasligini ta'kidlaşmoqda. “Vikrant” Hindistonga 1985 yilda Britaniya tomonidan sotilgan sobiq “Germes”, hozirda “Viraat” nomli, 1959 yilda qurilgan avianosets örnini egallaydi.
Avianosets Rossiyaning “Nevskiy proyektno-konstruktorskiy byuro”si va Italiyaning Fincantieri kemasozlik uyuşmasi loyihasi böyiça qurilgan. “Vikrant”ning uzunligi 262 metr, eng katta kengligi 60 metr, suv siğimi 37,5 ming tonnani taşkil qiladi. Gaz-turbinali dvigatel kemaga 28 uzel (52 km) tezlik bilan harakatlanişga imkon beradi. Kema aerofinişyor yordamida burçakli palubaga samolyotlarning tramplin usulida kötarilişi va qönişini közda tutuvçi STOBAR (Short Take-Off But Arrested Recovery) sxemasidan foydalanadi. Kemaning aviatsion-texnik vositalari Rossiya tomonidan işlab çiqarilgan.
Kemaning aviaguruhi soni 30-34 ta uçiş qurilmasidan taşkil topib, uning tarkibiga Rossiyaning MiG-29K/KUB, Hindistonning Naval Tejas samolyotlari, radiolokatsion kuzatuv vertolyotlari Ka-31 va turli tipdagi qayiqqa qarşi vertolyotlar kiradi. Loyiha böyiça avianosetsning qurollanişi Isroilda işlab çiqarilgan Barak-8 zenit-raketa majmuasi va Rossiyaning AK-360 zenit avtomatlaridan taşkil topişi kerak.






