Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan “Gözal va sölim dam oliş maskanlari – xalqimiz xizmatida” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi «2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat boğlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari dasturini tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga binoan joriy yilning oxirigaça 77 yangi boğ taşkil etilişi, mavjud 148 boğdan 105 tasi kapital rekonstruksiya qilinişi, 29 tasini kapital ta'mirlaş, 14 tasini joriy ta'mirlaş belgilangan.
Dastur asosida 2011-2014 yillarda 90 madaniyat va istirohat boğida keng kölamli ta'mirlaş va jihozlaş işlari bajarildi. Madaniyat va istirohat boğlariga 800 dan ortiq zamonaviy attraksion örnatildi. Uşbu işlarga 133 milliard 656 million sömdan ortiq mablağ sarflandi. Hozir yana 80 boğda bosqiçma-bosqiç ta'mirlaş işlari davom ettirilmoqda.
Özbekistondagi 225 madaniyat va istirohat boğida dam oliş mavsumi boşlanganidan buyon turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, konsertlar, ijodiy uçraşuvlar, bolalar uçun sport musobaqalari ötkazilmoqda. «Keksalarni e'zozlaş yili» Davlat dasturi doirasida mazkur muassasalarda nuroniylarga möljallangan dam oliş maskanlari taşkil etilib, ularda faxriylarning maroqli hordiq çiqarişi uçun zarur şart-şaroit yaratilmoqda.
Tadbirda madaniyat va istirohat boğlarida aholining dam olişi uçun maqbul şaroit yaratişga doir savollarga atrofliça javob qaytarildi.






