Hindistonning Nyu-Deli şahrida erkin, yunon-rum va ayollar kuraşi böyiça kadetlar örtasida Osiyo çempionati bahslari davom etmoqda.
Qit'a çempionatining birinçi kunida gilamga çiqqan özbekistonlik yunon-rum kuraşçilari Dostonbek Tursunbayev (-42 kg) va Törabek Tirkaşev (-46 kg) öz vazn toifalarida bronza medali sohibi bölişdi.
12 iyun kuni bölib ötgan ikkinçi kungi bahslarda özbekistonlik yunon-rum kuraşçilardan yana biri Mahmud Baxşullayev sovrindorlar safidan örin egalladi. Oğirlik vazni 54 kg.gaça bölgan sportçilar bahsida Özbekiston şarafini himoya qilgan Mahmud Baxşullayev finalga qadar keçgan bellaşuvlarni ğalaba bilan yakunlab kumuş medal sovrindori böldi.
13 iyun kuni yunon-rum kuraşi böyiça -69 kg. va -76 kg. vaznda, erkin kuraş böyiça -54 kg, -58 kg, 63 kg. vaznda va nihoyat ayollar kuraşi böyiça -52 kg, -56 kg, 60 kg. vazn toifalarida bellaşuvlar ötkaziladi.






