«Manchester Yunayted» klubi Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” klubining hujumçisi Xarri Keyn uçun 77 mln dollar taklif qilişni rejalaştirmoqda.
Manchester Evening News portalining xabar berişiça, yaqin kunlarda mankunianliklar vakillari “Şpor”larning prezidenti Daniel Levi bilan uçraşişni rejalaştirmoqdalar.
Ötgan mavsum mobaynida Keyn 31 ta töp, ulardan 21 tasini Angliya premer-ligasida urdi. Bunday natijalar unga çempionatning 2-raqamli töpurari bölişiga imkon berdi. Keyn “Tottenxem” safida 2010 yildan beri töp surib keladi. U 4 marotaba “Leyton Oriyent”, “Milluoll”, “Norviç Siti” va “Lester Siti” klublariga ijaraga berilgan.
21 yoşli hujumçi Angliya terma jamoasida öynaşga ham ulgurdi. Uning hisobida terma jamoa safida 2 ta öyin va bitta gol bor. Keyn “Tottenxem” safida 42 ta öyinda maydonga tuşib, 23 ta töp urgan.
Keyn ikki marta APLda oyning eng yaxşi öyinçisi deb tan olingan hamda mavsum yakunlariga köra APLning eng yaxşi yoş öyinçisi deb topilgan.






