NPD Group kompaniyasi AQŞ videoöyinlar bozoridagi may oyidagi statistik ma'lumotlarni çop etdi.
Ötgan oyda AQŞda konsollar (öyin pristavkalari), ularning aksessuarlari va dasturiy ta'minot uçun 507,6 mln dollar sarflangan. Bu ötgan yilning may oyiga nisbatan 13 foiz kamroqni taşkil qilgan, unda bu körsatkiç 584,9 mln dollarni taşkil qilgan edi.
Pristavkalarga pul birligida talab 18 foizga, ya'ni 186,4 mln dollardan 153,6 mln dollargaça tuşib ketgan. May oyida PlayStation 4 pristavkasi eng köp sotilgan yangi avlod konsoli böldi va özining asosiy raqobatçisi, aprelda yetakçi bölgan Xbox One ni ortda qoldirdi. Biroq savdolar haqida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Aksessuarlar segmentida 20 foizlik ösiş kuzatilgan. Agar bir yil avval bunday mahsulotlarga 124,6 mln dollar sarflangan bölsa, bu yili 149,3 mln dollar sarflandi.
Öyinlar borasida 25 foizlik pasayiş qayd qilingan. May oyida dasturiy mahsulotlar uçun 204,7 mln sarflangan, ötşan yili bu körsatkiç 273,9 mln dollarni taşil qilgan edi.
Oyning eng ommaviy öyinlari quyidagilar böldi:
1. The Witcher III: Wild Hunt (PS4, Xbox One, PC);
2. Mortal Kombat X (PS4, Xbox One);
3. Grand Theft Auto V (PS4, Xbox One, 360, PS3, PC);
4. Minecraft (360, PS3, Xbox One, PS4);
5. Splatoon (Wii U);
6. Call of Duty: Advanced Warfare (PS4, 360, Xbox One, PS3, PC);
7. NBA 2K15 (360, PS4, Xbox One, PS3, PC);
8. FIFA 15 (PS4, Xbox One, 360, PS3, Wii , 3DS, Vita);
9. MLB 15: The Show (PS4, PS3);
10. Super Smash Bros. (3DS, Wii U).






