Turkmaniston BMTning Osiyoda qurolsizlantiriş böyiça mintaqaviy markazini taşkil etişni taklif qildi. Bu masala 13 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Qurbonöğli Berdimuxamedov va BMT Boş kotibi Pan Gi Mun örtasidagi muzokaralar davomida kötarildi.
Muzokaralar yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida Turkmaniston prezidenti uçraşuv davomida Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş masalasiga alohida e'tibor qaratilganini ma'lum qildi. Şu munosabat bilan Turkmaniston afğon muammosini faqatgina tinçlik yöli, siyosiy-diplomatik usullar bilan hal qilişga intilişidan iborat bölgan bu boradagi pozitsiyasi ma'lum qilindi.
Şuningdek, qurollar tarqatilmasligi va qurolsizlantiriş jarayonlarini mustahkamlaş kabi dolzarb masalalarni hal qilişda hamda tegişli xalqaro-huquq bazasini kengaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni muhokama qilişda birgalikdagi harakatlarning muhimligi ta'kidlab ötildi.
Turkmaniston prezidenti bu haqda gapira turib, Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan erkin hudud taşqil etiş haqidagi kelişuvni amalga oşirilişi muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlab ötdi.
BMT Boş kotibi Aşxoboddagi BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazining sermahsul işiga yuqori baho berdi. Pan Gi Mun Qurbonöğli Berdimuhamedovga Afğoniston va Nepalga körsatilgan yordam va afğon qoçqinlarini qöllab-quvvatlaşdagi sa'y-harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi.
Turkmaniston prezidenti yuqori lavozimli mehmon şarafiga rasmiy keçki ovqat marosimini taşkil qildi.






