Xalqaro jinoiy sud Janubiy Afrika Respublikasi hukumatini Sudan prezidenti Umar al-Başirni Afrika davlatlari yetakçilari sammitiga taşrifi çoğida hibsga olişga çaqirdi, deb xabar bermoqda “Bi-bi-si” telekanali.
Sud bergan bayonotda JAR Al-Başirni qölga olişda “öz kuçini ayamasligi” va “sud oldidagi öz majburiyatlarini hurmat qilişi kerakligi” aytilgan.
Biroq JAR hukumati Sudan prezidentining Yoxannesburgga taşrifi paytida unga heç qanday qarşilik körsatmagan.
Dafurdagi jinoyatlar böyiça Sudan prezidentiga nisbatan qöyilgan ayblovlar uning dunyo böylab harakatlanişini jiddiy çeklab qöydi. Sudan yetakçisi oxirgi paytlarda faqatgina Afrika va Yaqin Şarqdagi döstona davlatlargagina taşrif buyurgan.
Avvalroq xalqaro qidiruvda bölgan Sudan prezidenti BMTga taşrifini bekor qilgani ma'lum qilingandi.






