Yaponiyadagi Totigi viloyatida istiqomat qiluvçi 7 ming kişi Tokyo Electric Power operatoridan 1.85 mlrd iyena (15 mln dollar) tovon puli talab qildi. Kiodo agentligining xabar qilişiça, “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan 100 km narida joylaşgan viloyatda istiqomat qiluvçi uşbu da'vogarlar masalani suddan taşqari tartibda hal qilmoqçi.
Totigi prefekturasi Otavara, Nasusiobara va Nasu orollarini öz içiga oladi. Ularda jami 218 mingdan ortiq aholi yaşaydi. Şu orollarda yaşovçi 7 128 kişining manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar, tovon pulidan taşqari, atom elektr stansiyasi halokatlari oqibatlarini bartaraf qiliş va odamlarga tibbiy yordam körsatiş uçun alohida pul ajratib berişni talab qilmoqda.






