14 iyun oqşomida Çilidagi Amerika Kubogi musobaqasi doirasida uçinçi kun öyinlari ötkazildi.
"C" guruhidan joy olgan Braziliya va Peru hamda Kolumbiya va Venesuela uçraşuvlarida braziliyaliklar va venesuelaliklar uçtadan oçkoga ega bölişdi.

Braziliya "Estadio Munisipal Xerman Bekker" öyingohida Peruni 2:1 hisobida mağlub etdi. Öyinning 3-daqiqasida Kueva tomonidan kiritilgan töpga 5 va 90-daqiqalarda Neymar hamda Duglas Kosta tomonidan javob gollari qaytarildi va Braziliya qiyinçilik bilan ğalaba qozondi.

Braziliya – Peru 2:1

Gollar: Neymar, 5, Duglas Kosta, 90+2 – Kueva, 3

Braziliya: Jyefferon, Miranda, Dani Alves, Filipe Luis, Davil Luis, Villian (Everton Ribeyro, 87), Fernandino, Elias, Fred (Roberto Firmino, 75), Diyego Tardelli (Duglas Kosta, 66), Neymar

Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Farfan (Karrilo, 83), Balon, Lobaton, Kueva (Reyna, 82), Vargas (Yotun, 88), Xoyel Sançes, Askues, Gerrero

Ogohlantirişlar: Neymar, Filipe Luis – Gerrero, Vargas

"Estadio El Tenente" stadionida kolumbiyaliklar bilan bahs olib borgan Venesuela terma jamoasi Ronton tomonidan 60-daqiqada urilgan gol evaziga ğalaba qozondi.

Kolumbiya – Venesuela 0:1
Gol: Rondon, 60

Kolumbiya: Ospina, Sapata, Armero (Djyekson Martines, 82), Murilo, Suniga, Karlos Sançes (Kardona, 63), Ervin Valensiya, Kuadrado, Xames Rodriges, Falkao, Bakka (Teo Guterres, 72)

Venesuela: Baroxa, Amorembeta, Viskarrondo, Rosales, Tunes, Arango (Siçero, 86), Gerra, Rinkon, Seyxas (Lusena, 75), Vargas (Sesar Gonsales, 78), Rondon

Ogohlantirişlar: Karlos Sançes, Sapata, Djyeyms Rodriges – Seyxas, Amoremeta, Lusena, Viskarrondo

Guruhda keyingi tur öyinlari 18-19 iyun kunlariga belgilangan. 18 iyun kuni Braziliya Kolumbiya bilan, 19 iyun kuni esa Venesuela Peru bilan kuç sinaşadi.