Ramazon oyi arafasida Özbekistondagi bir neçta masjidlar ta'mirlanib, ibodat uçun yangi binolar qurilmoqda. Bu haqda Özbekiston Musulmonlar idorasiga asoslanib «Qadriyat.uz» xabar bermoqda.

Namangan viloyati Uyçi tumani Önahayat şaharçasida joylaşgan «Maşhad mozor» jome' masjidi xonaqosi ham qayta ta'mirlandi. Şu yilning 29 may, muborak juma kuni masjid xonaqosini oçiliş marosimi bölib ötdi. Masjid zamonaviy usulda 3 qavat qilib qurilgan hamda örtadagi asosiy gumbaz atrofida 4 ta baland minoralar örnatilgan.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi hazrat Boyazid Bistomiy ziyoratgohida 1925 yilgaça mahobatli masjid bölib, sovet davrida  buzib taşlangan edi. 1990 yili buzib taşlangan masjid haşar yöli  bilan imkon qadar qayta tiklandi. 2015 yilning 29 may – muborak  juma kuni hazrat Bistomiy nomi bilan yuritiladigan masjid asosiy binosining  birinçi ğişti qöyildi.