Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov Rossiya terma jamoasining avstriyaliklar bilan öyinini majruhlar öyiniga qiyosladi.
“Bu majruhlik”, deb aytdi Ivanov jurnalistlarning öyin sifati haqidagi savollariga javoban.
Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qömitasi a'zosi Sergey Stepaşin ham rossiyaliklar öyinidan hafsalasi pir bölganini aytdi.
“Jamoamiz ikkinçi taymda körsatgan öyiniga ozmi-köpmi çidasa böladi, biroq bunday darajadagi jamoaga yutqaziş yomon alomat”, deb aytdi Stepaşin.
Eslatib ötamiz, Rossiya termasi öz maydonida guruh peşqadami Avstriyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va guruhdan çiqiş imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.






