Rossiyada Mi-8 va Mi-7 vertolyotlari uçun VK-2500 dvigatellarini işlab çiqariş yölga qöyildi. Bu haqda Birlaşgan dvigatelsozlik korporatsiyasi boş direktori Vladislav Masalov bayonot berdi.
RIA Novosti agentligining eslatib ötişiça, ilgari bu dvigatellar Ukrainada işlab çiqarilar edi.
“VK-2500 dvigatellarini Rossiyada işlab çiqarişga ötkaziş amalga oşirildi. Bugungi kunda rossiya kooperatsiyasining tarkibi şakllantirildi. Biz allaqaçon 10ta dvigatel terdik, ulardan ikkitasi buyurtmaçiga sinovdan ötkaziş uçun topşirildi. Sinovlar mart oyida yakunlandi”, – dedi u Paris Air Show aviatsiya va koinot salonidagi çiqişida.