Yevropaning Airbus aviakonserni OneWeb Ltd xususiy kompaniyasi uçun yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini beriş uçun safarbar qilinadigan 900 sun'iy yöldoşni quriş va qayta tiklaş niyatini oşkor qildi. Ular 2018 yildan boşlab samoga uçirila boşlaydi.
“OneWeb sun'iy yöldoşlari katta miqdorda işlab çiqariladi, har biri kamida 150 kg toş bosadi. Butun tarmoq işga tuşirilganidan söng tizim butun dunyoning qişloq hududlarini 10 terabit tezlikdagi internet bilan ta'minlay oladi”, – deyiladi kompaniyaning bayonotida.
Kompaniya asosçisi va rahbari Greg Uaylerning sözlariga qaraganda, loyihaning umumiy qiymati 1.5-2 mlrd dollarga baholanmoqda.
Yöldoşlarning birinçi partiyasi – 10 dona – Airbus’ning işlab çiqariş quvvatlari joylaşgan Tuluzada işlab çiqariladi. Keyinçalik işlar AQŞda davom etadi.






