Özbekistonning Bryusseldagi elçixonasi tomonidan Belgiyada "Uzbekistan Profile" nomli yangi oylik axborot byulleteni naşrdan çiqa boşladi. Uşbu naşrda Özbekistonning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi haqidagi xabar-maqolalar muntazam ravişda yevropalik öquvçilarning e'tiboriga havola qilinadi.
Ingliz tilida çiqa boşlagan "Uzbekistan Profile" Yevropaning siyosiy, işbilarmon, ekspert va jamoatçilik doiralari, Yevropa Ittifoqi institutlari, Yevroparlament, NATO vakillari hamda Bryusselda akkreditatsiyadan ötgan boşqa xalqaro taşkilotlar örtasida tarqatiladi.
Mazkur naşrning birinçi soni sahifalaridan mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti haqidagi xabar-maqolalar joy oldi, deb
Jahon AA.






