AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klinton örta sinf vakillari bölgan oilalarga yordam beriş uçun soliqlarni tuşiriş zarurligini aytib ötdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Şuningdek, Klinton xonim yoş bolalari bor kam ta'minlangan oilalarga körsatiladigan xizmatlarni kengaytirişni taklif qildi.
“Biz bolalarni ta'minlaş haqida, xazinadon misoli ularga öz mablağlarimizni yönaltiriş haqida öylaşimiz kerak”, – ta'kidlab ötdi u Roçesterda saylovoldi kampaniya doirasida ötkazilgan tadbir çoğida.
Ilgariroq u AQŞni barça “an'anaviy tahdidlar”dan himoya qiliş uçun zaruriy çoralar körişga va'da bergan edi.






