Super oğir vazn toifasining WBA/WBO/IBF/IBO versiyalari böyiça jahon çempioni ukrainalik Vladimir Kliçko (64-3, 53 KO) va britaniyalik Tayson Fyuri (24-0, 18 KO) örtasidagi bölişi kutilayotgan jang "Çelsi" jamoasining stadionida ötkazilmaydigan böldi.
Jang şu yilning oktabr oyida taşkil etiladi, biroq "aristokratlar" rahbariyati mavsum davomida öz futbol maydonida jang ötkazişga rozilik bermagan.
"Bu vaqtda Angliyada futbol va regbi böyiça JÇ mavsumi bölgani uçun maydon topiş qiyin", deydi Fyurining promouteri Mik Xennesi.
Mazkur jang yuzasidan tomonlar bir töxtamga kela olmaganligi sababli promouterlik savdolari ketmoqda va bu boradagi xabarlar yaqin vaqtlar içida e'lon qilinişi kutilmoqda.






