Saudiya Arabistoni qirollik xonadoni şahzodalaridan biri al-Volid ibn Talal The Financial Times naşriga bergan intervyusida Tvitterning yangi boş direktori Jyek Dorsidan noroziligini ma'lum qilgan.
"Jyekning boşqa kompaniyasi bor. U Square kompaniyasi uçun köp vaqtini band qiladi. Umid qilamanki, u yangi lavozimida uzoq vaqt qolmaydi. Kompaniyaning yangi direktori sarmoyalarni jalb qiliş, texnik jihatlarni rivojlantiriş hamda marketing sohasida öz uslubini yaratadigan odam bölişi kerak", deydi şahzoda.
Ma'lumot uçun, al-Volid 2011 yilda 300 mln dollar evaziga Tvitterning 3 foizlik aksiyasini sotib olgan, hozirgaça öz uluşini 5 foizgaça oşirgan.
Biroz oldinroq, Tvitter boş direktori Dik Kostolo öz lavozimidan iste'foga çiqqan hamda uning örniga Jyek Dorsi vaqtinçalik rahbar bölgandi.






