Hindistonning Nyu-Dehli şahrida öspirinlar örtasida sport kuraşi böyiça ötkazilgan Osiyo çempionati öz yakuniga yetdi. Bu çempionatda Özbekiston terma jamoasi 13 ta medal qölga kiritdi, ulardan 4 tasi oltin, 4 tasi kumuş va 7 tasi bronza medal böldi.

Erkin kuraşçilarimiz 2 ta kumuş va 4 ta bronza medali qölga kiritdilar va buning evaziga umumjamoa hisobida 3-örinni egalladilar. Qizlarimiz uçta medal – bittadan oltin, kumuş va bronza medali sohiblari bölişdi va umumjamoa hisobida 5-örinni egallaşdi.

Yunon-rum kuraşi böyiça kuraşçilarimiz bitta oltin, bitta kumuş va 2 ta bronza medalni qölga kiritişdi hamda umumjamoa hisobida 6-örinni egallaşdi.

Quyida sovrindorlarimiz nomlari keltirilgan:

Erkin kuraş. Öspirinlar: Rustambek Jörayev (46 kg) – “kumuş”, Abbos Raxmonov (54 kg) – “kumuş”», Islom Ilxomov (42 kg) – “bronza”, Ğulom Abdullayev (50 kg) – “bronza”, Bunyod Tojiboyev (58 kg) – “bronza”, Hasanboy Rahimov (100 kg) – “bronza”.

Erkin kuraş. Qizlar: Nabira Yesenbayeva (60 kg) – “oltin”, Şaxodat Julliboyeva (56 kg) – “kumuş”, Aktenge Keunimjayeva (46 kg) – “bronza”.

Yunon-rum kuraşi: Abubakr Alimov (69 kg) – “oltin”, Maxmud Baxşullayev (54 kg) – “kumuş”, Dostonbek Tursunboyev (42 kg) – “bronza”, Törabek Tirkaşev (46 kg) – “bronza”.