Toshkent metrosidagi 2 bekat nomi özgargani haqida rasman ma'lumot tarqatildi.

Toshkent şahri hokimligining axborot xizmati (toshkent.uz) saytidagi "Poytaxt yangiliklari" ruknida "Yangi nomlar" nomli xabar qöyildi va unda şahar metrosidagi Hamza va Habib Abdullayev nomli bekatlar nomi yangilangani ma'lum qilindi.

"Toshkent şahar hokimligining 2015 yil 16 iyundagi 547-sonli qarori bilan şahrimizning ayrim  metro bekatlari nomlari  tartibga keltirildi.

Uşbu qarorga binoan  Hamza nomli metro bekati nomi - Novza metro bekati, Habib Abdullayev nomli metro bekati nomi - Şahriston metro bekati deb özgartirildi", deyiladi xabarda.

Biroz oldinroq, 15 iyun kuni şahar metrosidagi vagonlarga osilgan metro xaritalarida ikki bekat nomi özgargani qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uçun, hozir «Novza»ga özgartirilgan «Hamza» bekati metroning «Çilonzor» yölida nomi özgarmagan beş bekatdan biri edi. Qolgan yetti bekat nomi 1991 yildan keyin özgartirilgan.