Özbekistonda yana san'atkorlarning kiyiniş madaniyati masalasi qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda.
Özbekiston boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova Toşkentda taşkil qilingan, senatorlar va deputatlar, qöşiqçilar va san'at vakillari iştirok etgan tadbirda yoş xonandalarni yana bir bor tanqid ostiga oldi.
“Ba'zan ekranlarimizdagi kliplar, qöşiqçiyu raqqosalarimiz yoki aktrisalarimizning baçkana qiliqlarini körib, mantiqsiz sözlarini ting¬lab, «ma'naviyatimizni, yoşlarimiz tarbiyasini soat sayin boy berib qöymayapmizmi?», degan savol xayolingdan ötadi. Bu borada ayrim xonandalarimizning turli ajnabiy va milliylikka yot liboslarni kiyişlari, yoşlarning tarbiyasiga salbiy ta'sir körsatadigan sayoz qöşiq matnlari, qöpol, behayo va beandişa harakatlar aks ettirilgan kliplarning oila davrasida köriladigan ekranlarga uzatilayotganini nima bilan izohlaş mumkin?!”, – xitob qildi boş vazir örinbosari.
Milliy estarada san'atini rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş kengaşi raisi Iqbol Mirzo estrada mahsulotlarining ma'naviy darajasini qonunçilik yordamida tartibga soliş vaqti kelganini ta'kidlab ötdi.
Tadbirda aytilişiça, faqat Toşkent şahrida 140 dan ziyod töyxona va restoranlar faoliyat yuritmoqda. Örnatilgan tartibga qaramay ayrim töylar dabdaba va mol-dunyoni köz-köz qiliş, hayosiz raqslar maydoniga aylanib qolmoqda.
“Özbekiston — Robinzon yaşaydigan orol emas, agar kimki, bugun demokratiya, istaganimni qilaman, deb öylasa, xalq, jamiyat fikri bilan hisoblaşmasa, qattiq adaşadi.”, – deb yozadi “Oila davrasida” gazetasi.






