Şveytsariyaning Nestle kompaniyasi tez tayyorlanadigan Maggi lağmonlarining 50 mln dollarlik zaxiralarini yöq qiliş niyati borligini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, mahsulot tarkibida qörğoşin moddasining me'yordan ortiq ekanligi tufayli Hindiston regulyatori mahsulotning bu partiyasini mamlakat hududida realizatsiya qilişga çeklov örnatgan edi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi departamenti (Food Safety and Standards Authority of India, FSSAI) kompaniyani oziq-ovqat xavfsizligi qoidalarini buzganlikda aybladi. Köplab laboratoriya tekşiruvlari natijalari bu ayblovlarga zamin bölib xizmat qilgan. Kompaniya ijroçi direktori Pol Byulke Hindiston hukumatiga murojaat qilib, laboratoriya tekşiruvlari natijalarini qayta körib çiqişni iltimos qildi.






