Çili sudi 17 iyun kuni Ferrari avtomobilida mast holatda yöl-transport hodisasiga uçragan Turinning “Yuventus” jamoasi futbolçisi Arturo Vidalni ozod etdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri özining Twitter`dagi sahifasida ma'lum qildi.
Sud Çili terma jamoasi yarimhimoyaçisi Vidalni 120 kunga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etdi hamda uning zimmasiga har oy mamlakatning Milandagi konsulligiga taşrif buyuriş majburiyatini qöydi. Sportçi sud yiğilişida öz qilmişidan afsusdaligini, vovqeadan oldin kazinoda dam olib, ikki bokal kokteyl içganini tan oldi. “Men butun Çili xalqidan uzr sörayman”, deb aytdi futbolçi.
Goal portalining ma'lumotlariga köra, Çili terma jamoasi boş murabbiyi Xorxe Sampaoli yuz bergan köngilsiz voqeaga qaramay futbolçini Amerika Kubogi-2015 musobaqasida iştirok etiş uçun terma jamoa safida qoldirişga qaror qildi. “U xatoga yöl qöydi, biroq men uni jamoadan çetlatişga jiddiy sabab körmayapman”, deb aytdi boş murabbiy.
Eslatib ötamiz, 17 iyun kuni Vidal Çilining Santyago şahri yaqinida rafiqasi bilan avariyaga uçradi. Futbolçi va uning rafiqasiga heç narsa qilmagan. Ular tibbiy körikdan ötgandan keyin futbolçi mast holatda bölgani sabab hibsda uşlab turildi.






