Özbekistonda davlat byudjyeti mablağlari hisobidan suratga olingan, şuningdek, xususiy kinostudiyalar tomonidan işlab çiqarilgan filmlarning noqonuniy savdosi va namoyişini oldini oliş böyiça tegişli idoralar tomonidan bir qator işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Toşkent şahar hokimligi Işçi guruhi bilan hamkorlikda gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va şoxobçalarda «Sotqin» badiiy filmining noqonuniy savdosi böyiça monitoring ötkazib, 33ta qonun buzilişi holatini aniqladi.
Bundan taşqari, milliy UZ zonasida faoliyat olib borayotgan bir qator nodavlat saytlarda, xalqaro domen zonalaridagi resurslarda «Sotqin» filmining noqonuniy namoyişi taşkil etilayotgani ma'lum böldi.
Şu bilan birga, Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida faoliyat yuritayotgan «Ğijduvon oynai jaxoni» MÇJ muassisligidagi «Ğijduvon-TV» telekanali tomonidan 2015 yil 12 aprel kuni soat 20:46dan 23:18gaça «Özbekkino» Milliy agentligi huquq egasi bölgan, davlat byudjyeti mablağlariga yaratilgan «Sotqin» badiiy filmi huquq egalarining ruxsatisiz efirga uzatilgan. Bu kabi holatlar nafaqat davlat filmlari, balki nodavlat kinostudiyalar tomonidan suratga olingan filmlar bilan ham uçrab turibdi.
Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ma'lumotiga köra, mazkur holat Özbekiston Respublikasi «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi Qonunining 62-moddasiga asosan (huquq egasi bilan şartnoma tuzmasdan asarlardan foydalaniş) mualliflik huquqining buzilişi hisoblanadi va Qonunning 65-moddasiga asosan huquq egasi huquqbuzardan, jumladan, huquq buzilişi natijasida boy berilgan foydani qoplaşni talab qilişga haqli.
Mazkur holatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga qonuniy çoralar körilişi uçun tegişli ma'lumotnomalar taqdim etildi.
Öz navbatida «Özbekkino» Milliy agentligi davlat byudjyeti mablağlariga, şuningdek, nodavlat kinostudiyalar tomonidan suratga olingan filmlarning noqonuniy savdosi va namoyişi bilan şuğullanayotgan şaxslar hamda internet resurslariga yana bir bor murojaat qilib, ularni belgilangan qonun talablari doirasida faoliyat olib borişga çaqiradi, şuningdek, qonunbuzarlarga nisbatan aniq ta'sirçan çoralar körilişini ma'lum qiladi.






