Milliy basketbol uyuşmasining "Golden Steyt Varriors" va "Klivlend kavalers" basketbol jamoalari örtasidagi final seriyasi öz nihoyasiga yetdi. “Jangçilar” öz raqiblari “kavalerlarga” ikki öyinni boy berib, 4 ta öyinda ğalaba qozongan holda, 1975 yildan beri ilk bor bu unvonni qölga qiritişga muvaffaq bölişdi.
Oxirgi öyinda 97:105 hisobida “Golden Steyt” basketbolçilarining qöli baland kelib, seriyadagi umumiy hisob “jangçilar” foydasiga 4:2 hisobi bilan yakunlandi. Öyinning eng samarali öyinçisi 32 oçko yiqqan “Klivlend” basketbolçisi Lebron Jyeyms böldi.






