Çeçeniston prezidenti Ramzon Qodirov köpxotinlilikni ma'qullaydi, lekin, şu bilan birga, erkakning nikohdan taşqari munosabatlari bölişiga qarşi.
“Köpxotinlilikka bizning dinimizda ruxsat etilgan. Bu majburiyat emas, ammo soğliğing va moddiy ahvoling kötarsa, şunday imkoniyatga egasan. Köpxotinlilik erkakning jazmanlari bölmasligi uçun ham kerak. Bu ham soğliqqa, ham oilaviy munosabatlarga ham zarar keltiradi, yolğon içida yaşaşga, rafiqasini ham, bolalarini ham doimiy aldaşga töğri keladi... Şu bois köpxotinlilik yaxşi, köp jazmanlarga ega böliş esa yomon. Agar men köpxotinlilikka qarşi çiqsam, musulmon bölmayman”, – dedi Qodirov.






