AQŞda Çarlston şahridagi (Janubiy Karolina ştati) çerkov jamoatining 9 nafar a'zosini öldirgan qotil qölga olindi. U 21 yoşli Dilan Ruf ismli yigit bölib çiqdi.
CNN telekanalining ma'lum qilişiça, uning tomonidan öldirilgan odamlarning bari afroamerikaliklar bölgan.

Ruf qöşni Şimoliy Karolina ştatida qölga olingan. Aytilişiça, yonida töpponça bölişiga qaramay, u politsiyaga qarşilik körsatmagan.
Sodir etilgan qotilliklarning asosiy motivi irqiy nafrat bölişi mumkinligi aytilmoqda, ammo tergov bu borada aniq ma'lumotlarga ega emas.
Ruf qölidan halok bölgan ruhoniyning qarindoşi NBC kanaliga bergan intervyusida yigit jinoyat oldidan çerkovga kelib, bir soatça Bibliyadan iqtiboslar tinglab ötirganini, söng tösatdan örnidan turib, qora tanli jamoat vakillarini haqorat qila ketganini aytgan. “Men bu işni qilişim kerak. Sizlar bizning ayollarimizni zörlayapsizlar, sizlar mamlakatimizni qölga olmoqçisiz. Sizlardan qutuliş kerak”, – degan ularga qarata Ruf.
Çarlston fojia munosabati bilan AQŞ prezidenti Barak Obama çiqiş qildi. Öz çiqişida u, xususan, amerikalikni qurol olib yuriş masalasiga bölgan munosabatni özgartirişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, Dilan Ruf 17 iyun kuni mahalliy çerkovga kirib, afroamerikalik odamlarga qarata öt oçgan. Natijada voqea joyida 8 kişi halok bölgan. Yana bir kişining joni şifoxonada uzilgan.