"Çelsi" jamoasi darvozaboni öz faoliyatini jamoaning prinsipial raqibi "Arsenal"da davom ettirişi oydinlaşmoqda.
The Telegraph naşrida yozilişiça, 33 yoşli uşbu darvozabon borasida ikki jamoa örtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetgan va "kanonirlar" bu darvozabon uçun 10 mln funt sterling tölaşga rozi bölgan.
Naşrda ma'lum qilinişiça, bu transferga Roman Abramoviç rozilik bergan.
Qayd etilişiça, "Arsenal" Çex bilan şartnoma bandlarini muhokama qilmoqda.
Ma'lumot uçun, ötgan mavsumni "Arsenal"da asosiy darvozabon sifatida boşlagan Voysex Şçensniy bir qator omadsizliklardan keyin Arsen Vengerning işonçini va asosiy tarkibdagi örnini yöqotgan. Uning örnini egallagan David Ospina esa keyingi mavsumni Turkiyaning "Fenerbahçe" jamoasida davom ettirişi kutilmoqda.






