Tojikiston maxsus qöşinlarining sobiq komandiri, IŞID safiga qöşilgan polkovnik Gulmurod Halimov internetda yangi videolavha joylaştirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Videolavhada Halimov özining aqldan ozib qolganligi haqidagi gaplarni inkor qilib, uni uyga qaytişga va qonun oldida javob berişga çorlagan ukasiga tahdid qilgan.
“Men soppa-soğman. Va hayratdaman. Agar telba bölsam, meni qanday qilib AQŞga tayyorgarlik körişga yubordingiz, polkovnik unvonini berib, uç marta medallar bilan taqdirladingiz? Agar men telba bölsam, içki işlarning barça polkovniklari ham telbadir”, – deydi Halimov öz videomurojaatida.
“Qasam içamanki, qurolim faqat kofirlarga qarşi qöllanadi, – davom etadi u. – Agar ukam menga qarşi çiqib, kofirga aylansa, men şaxsan uning boşini olaman”.
Tojikiston matbuotida bir neça bor polkovnik telba deb atalgan edi. Bundan taşqari, u davlatga xiyonat qilişda ayblanib, Interpolga qidiruvga berildi.
31 may kuni Gulmurod Halimovning ukasi, adliya vazirligi xodimi, podpolkovnik Saidmurod Halimov akasiga oçiq xat yöllab, uni qaytib kelişga va qonunga taslim bölişga undagan edi.






