19 iyun kuni Öş viloyatining Qorasuv tumanidagi uylardan birida maxfiy bosmaxona topildi. Interfaks agentligining ma'lum qilişiça, u yerda “Hizb ut-tahrir” xalqaro ekstremistik taşkilotining adabiyotlari çop etilgan.
Viloyat içki işlar boşqarmasi vakili Jyengiş Aşirboyevning aytişiça, taqiqlangan adabiyotlar tarqatişda gumon qilinayotgan sakkiz nafar mahalliy fuqaroning uylarida teşkiruv ötkazilganda, uylardan birida bosmaxona joylaşgani ma'lum bölgan.
Fuqarolarning uylaridan köp miqdorda ekstermistik xarakterdagi adabiyotlar, elektron materiallar va texnika topilgan. Jami 104 kitob, 77 varaqa, ikki qölyozma daftar, printer va qoğoz kesuvçi uskuna musodara qilingan.
Topilgan adabiyotlar diniy ekspertizaga yuborilgan.






