Rossiya Sberbanki futbolçi Andrey Arşavindan uning “Zenit” jamoasidagi bir yillik maoşiga teng pulni olişi mumkin. Bu haqda “Vedomosti” gazetasi yozmoqda.
Ilgariroq Sberbank Pyotr Tingayevning “Baltavtotreyd” guruhiga kiruvçi olti kompaniyani bankrot deb e'lon qiliş haqida ariza bergan edi. Ularning kafili Andrey Arşavin edi. 2010-2014 yillar orasida Sberbank guruhga 1.7 mlrd rubl miqdorida kredit ajratgan edi. Öşa paytda Arşavin kafolat sifatida 104 mln rubl pul tikkan edi.
Iyun oyining boşida sud Arşavinga tegişli mulkning 5 mln rublga tegişli qismini hibsga oldi. Bank Arşavinning maoşidan öziga tegişli pullarni undirib olmoqçi.






