Samarqand viloyati Paxtaçi tumani Misit mahallasida joylaşgan "Baxt" töyxonasida noma'lum şaxs 1976 yilda tuğilgan mahalliy aholi vakilasining böynidan sariq metalldan yasalgan zanjirlarini oçiqdan-oçiq yulib olib, voqea joyidan yaşiringani ma'lum qilingan.
Tuman içki işlar bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ğaraz niyatli şaxs qölga olindi va talonçilik töliq foş etildi. Uşbu talonçilikni xatirçilik 32 yoşli fuqaro sodir etgani aniqlandi. Mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






