Tadbirkor Oleg Tinkov artistlarning ölimiga matbuot tomonidan katta e'tibor berilayotganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida öz fikrlarini bildirib ötdi.

“12 iyunda prezident hukumat mukofotlari bilan nafaqat artist yoki akademiklarni, balki işbilarmonlarni ham taqdirlaşi kerak. “Yandeks”ning yoş va buyuk ixtiroçisi hamda insonlarning hayotini yaxşilagan Ilya Segaloviçning saratondan vafot etişi ham hozirda oddiy, örtamiyona qöşiqçi va artistkaning ölimi kabi barça davlat kanallarida uç kun mobaynida şunday baralla muhokama etilsin”, deb yozmoqda Tinkov.

Tinkov “oddiy, örtamiyona qöşiqçi va artistka” deb 16 iyunda 41 yoşida boş miya saratonidan vafot etgan qöşiqçi Janna Friskeni nazarda tutmoqda. Olamdan köz yumgan xonanda bilan vidolaşgani 17 iyun kuni “Krokus Siti Xoll”ga kamida 3 ming kişi keldi.