Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani hududida noqonuniy işlab çiqariş bilan şuğullanib kelayotgan fuqarolarning faoliyatiga qonuniy tus berilişi natijasida turli xildagi xalq iste'mol mollarini işlab çiqaruvçi va xizmat körsatuvçi 42 xöjalik yurituvçi sub'yekt davlat röyxatiga olinib, 57ta yangi iş örinlari yaratildi. Bu haqda SVOJJDLQK departamenti tuman bölimi boşliği Kamoliddin Jamolov ma'lumot berdi.
Jumladan, röyxatdan ötmasdan, noturar joyda parranda göşti yetiştiriş bilan xufiyona şuğullanib kelgan F. Fayzullayevga huquqiy kömak va amaliy yordam körsatilişi natijasida noqonuniy ferma “E'zoz omad fayz” oilaviy korxonasiga aylantirilib, bu joyda 15 kişi iş bilan ta'minlandi.
Yaşirin ravişda kulolçilik bilan şuğullanib kelgan M. Mirzaboyevning sexi örniga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yekti taşkil etildi. U davlat röyxatidan ötib, bankdan kredit mablaği oldi. Tadbirkor bank krediti yordamida öz faoliyatini yanada takomillaştirib, qisqa muddat içida kulolçilik bilan birga haykaltaroşlik mahsulotlarini ham işlab çiqarişni yölga qöydi.






