“Çelsi” klubi boş murabbiyi Joze Mourinyu uni “Zenit” yarimhimoyaçisi Aksel Vitsel qiziqtirmasligi hamda hozirda Rossiyada Dmitriy Aleniçevga öxşagan futbolçilar yöqligini ta'kidlab ötdi. Bu haqda Radio RCA xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, Dmitriy Aleniçev öz vaqtida Mourinyu qöl ostida “Portu” safida Yevropa Çempionlar Ligasi (2004) va UYeFA kubogini (2003) qölga kiritgan hamda Yevropaning barça rasmiy klublararo musobaqalarini yutgan hamda bu musobaqalarning finallarida töp urgan yagona rossiyalik futbolçi hisoblanadi.

“Siz bilasizki, biz haqiqatan ham Rossiya futbol bozorini tahlil qilib boramiz. Rossiyada menga Dmitriy Aleniçevni eslata oladigan birorta ham futbolçi yöq. Aleniçev ajoyib öyinçi va haqiqiy professional edi.

Men yaqinda Rossiya termasi öyinini kördim va menda jamoaga futbolçilarni köçadan olişgandek taassurot paydo böldi. Men ba'zi öyinçilarni bilaman, agar ularga qiziqiş bölgan bölsa ham, biroq işga bunday yondaşiş bilan ular heç qaçon dunyoninng eng yaxşi çempionatlarida töp sura olmaydilar. Bundan taşqari, Rossiyada futbolçilarni buzadigan katta pullar ham bor.

Villian va Etöo Rossiya çempionatidan keyin mening maşğulotlarimga juda qiyin könikdilar. Men futbolçilar bunday ahvolda bölişi mumkinligidan hayratda qoldim. Ha, men Vitsel Rossiyani tark etmoqçiligini eşitdim, biroq “Çelsi”da unga heç qanday qiziqiş yöq. U Portugaliyada öynaganda men uni “Inter”da körişni istagandim, biroq u endi boşqa öyinçi. Öyinçilar borasida gapiradigan bölsak, Rossiyada hammadan köra köproq Promes va Şatov ajralib turadi, biroq biz ular bilan ham tarkibimizni kuçaytirişni istamaymiz”, deb öz fikrlarini bildirdi Mourinyu.