Namanganda istiqomat qiluvçi Şerali Abdullayev yaqin dösti Ibrohim Orifjonovni aldab, undan katta miqdorda pul undirganlikda ayblanib, jazoga tortildi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.
Aytilişiça, u döstiga qöşni tumandagi “Popmatlubotsavdo” MÇJga qaraşli 3-sonli savdo dökoni binosini “hokimiyatdagi tanişlari orqali” 4.5 mln sömga sotib olib berişini aytib, “xizmat haqqi” sifatida undan 500 dollar olgan.

Oradan vaqt ötib, Abdullayev Orifjonovdan yana 1.5 mln söm söragan, lekin Ibrohimov 1.2 mln söm topib bera olgan. Bir muddat söng u “suyunçi puli” sifatida yana 100 dollar olgan.
Aldanganini tuşungan Orifjonov SVOJJDLQK departamentining Pop tuman bölimiga murojaat qilgan. Bölim tomonidan murojaat yuzasidan tadbir ötkazilib, Abdullayev Orifjonovdan yana 1.7 mln söm olayotganida qölga olingan.