Rossiyaning Volgograd viloyatida faoliyat yuritgan “Özbek diasporasi” jamoat taşkilotining bir neçta a'zosi sudlandi.
Mahalliy matbuotda asli surxondaryolik Rossiya fuqarosi boşçiligidagi “Özbek vatandoşlari ittifoqi” taşkiloti jinoiy faoliyat bilan şuğullangani iddao qilinmoqda. Taşkilot prezidenti örinbosari, asli xorazmlik Dilbar Jumaniyozova ayni paytda “Özbek diasporasi” taşkilotining ham faoli hisoblangan. “Özbek diasporasi”ga asli tojikistonlik, 1949 yili tuğilgan Holmatjon Komilov boşçilik qilgan.
Taxmin qilinişiça, taşkilotning Dilbar Jumaniyozova boşçiligidagi bir guruh xorazmlik va buxorolik faollari mahalliy “avtoritet” Yevgeniy Molodtsovskiy rahbarlik qilayotgan “Molodtsovskiye” jinoiy tödasi bilan şeriklikda haydovçilardan, savdogarlardan boj undiriş, talonçilik singari jinoyatlar bilan şuğullanib kelgan.
“Bu şaxslar “Özbek diasporasi” taşkiloti niqobi ostida harakat qilib, vatandoşlariga yordam beriş örniga, ulardan turli yöllar bilan ölpon undiriş bilan band bölgan”, – deyiladi materialda.
Aytilişiça, uşbu “jinoiy taşkilot” 14 yildan buyon noqonuniy faoliyat amalga oşirib kelgan.