18 iyun kuni Germaniyaning Toşkentdagi elçixonasida iqlim diplomatiyasi kuni munosabati bilan “Suv haqida” filmining namoyişi bölib ötdi. Tadbirda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya elçixonalari, xalqaro taşkilotlar, davlat strukturalari va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Econews.uz resursining yozişiça, iqlim diplomatiyasi kunini nişonlaş taşabbusi YeIga tegişli bölib, u taşkilotning 2015 yilgi çora-tadbirlar dasturiga kiritilgan. Undan közlangan maqsad iqlim özgarişi muammolariga jahon hamjamiyatining e'tiborini qaratiş, jahon miqyosida bu borada olib borilayotgan işlarni muvofiqlaştirişdir.
Film dunyodagi suv muammolariga bağişlanadi. Jumladan, unda Braxmaputra va daryosi suvlarining toşib ketişi, Orol dengizining qurişi, Keniyadagi toza suv muammolari va hokazolar aks etgan.






