UYeFA Moskvaning “Dinamo” klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uçun bir yilga Yevropa ligasida iştirok etiş huquqidan mahrum etdi.

Moskvaliklarning örniga bu musobaqada mavsumni 5-örinda yakunlagan Qozonning “Rubin” klubi iştirok etadi.

“Jarima közda tutilmagan. Uç yil mobaynida biz UYeFAga moliyaviy feyr-pley qoidalariga qanday rioya qilayotganimiz haqida ma'lumot yuborib turamiz”, deb aytmoqda “Dinamo”ning direktorlar kengaşi raisi Vasiliy Titov.

“Dinamo” klubi ötgan mavsum yakunlariga köra Rossiya premer-ligasida 4-örinni egallagan edi.

Avvalroq “Dinamo” muxlislari UYeFAga klubni Yevropa ligasidagi iştirokdan mahrum etmaslikni sörab murojaat qilgan edilar.

Ma'lumot uçun, UYeFA Komissiyasining klublarni moliyaviy nazorat qiliş arbitraj palatasi 16 iyun kuni “Dinamo” tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilganligi holatini körib çiqdi. “Dinamo”liklarda klub byudjyetida futbolçilarning iş haqlari uluşi xomiylik şartnomasidagi miqdordan ança köproqni taşkil qilgani aniqlandi.