Afğoniston qurolli kuçlari Tojikiston bilan çegarada joylaşgan Badaxşon viloyatining jangarilar nazorat qilayotgan bir tumanini tortib oldi. Bu haqda mamlakat içki işlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik vakili Siddiq Siddiqiyning Khaama Press agentligiga bergan ma'lumotlariga qaraganda, harbiy amaliyot çoğida 120 nafar jangari yöq qilingan. Harakatlar Badaxşonning Yamğon tumanida amalga oşirilgan.
Siddiqiyning qayd qilişiça, yöq qilingan jangarilarning 6 nafari komandirlar bölgan. Ulardan biri, öz navbatida, Tojikiston fuqarosi bölgan.
Bundan taşqari, “Tolibon” harakati jangarilari Qunduz viloyatining tumanlaridan birini egallab olgani xabar qilinmoqda.






