Afğoniston janubida joylaşgan Gelmand viloyatida bir oila a'zolarini olib ketayotgan mikroavtobus yöl çetiga qöyilgan ança katta kuçdagi portlovçi qurilmada portlab ketdi. Oqibatda oilaning 12 a'zosi halok böldi va yana 8 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar oldi. Afğoniston politsiyasining aytişiça, qurbonlar soni ortişi mumkin.
Ma'lumotlarga köra, oila rejalaştirilgan katta miqyosdagi aksilterrorçilik operatsiyasi ötkazilişidan xavfsirab öz turar joyini tark etib ketayotgan bölgan.
Heç qaysi taşkilot terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi. Yöl çetiga portlovçi qurilmalar qöyib ketiş “Tolibon” jangarilari uçun odatiy holdir. Ular bu portlovçi qurilmalarni asosan afğon askarlari va politsiyaçilarini yöq qiliş maqsadida qöyadilar, biroq köpinça tinç aholi ham ularning qurbonlariga aylanadilar.






