Hindistonda qalbaki spirtli içimlik iste'mol qilişdan zaharlaniş qurbonlari 83 nafarga yetdi. Oxirgi sutkada 60 ga yaqin qişi halok böldi, deb xabar bermoqda NDTV telekanali.
Köngilsiz voqea Mumbay yaqinidagi qişloqlardan birida sodir böldi.
17 iyunga ötar keçasi mahalliy aholi spirtli içimliklar sotiladigan dökondan uşbu qalbaki içimlikni sotib olganlar. Ertasi kuni, 18 iyunda ular qorin sohasidagi kuçli oğriq va köngil aynaş şikoyati bilan şifoxonaga yetkazilganlar. Dastlabki kuni 20 kişi halok bölgan.
Qolgan jabrlanuvçilar oğir ahvolda qolmoqda, şifokorlar ularning hayotlari uçun kuraşmoqdalar. Sifatsiz spirtli içimlikni qança odam iste'mol qilganini aniqlaşning imkoni bölmagan. Ayni damda şifoxonalarga hanuzgaça zaharlanişga uçragan bemorlar keltirilmoqda.
Politsiya uşbu voqea yuzasidan 3 kişini hibsga oldi. Ularga ataylab qilinmagan qotillik va noqonuniy savdo-sotiq böyiça ayblovlar qöyildi. Bu voqea Mumbayda sifatsiz spirtli içimlik iste'mol qiliş oqibatida bunday katta miqdorda zaharlaniş röy berayotgan birinçi hodisa emas. 2004 yilda sifatsiz spirtli içimlik iste'mol qiliş oqibatida 89 kişi halok bölgan.