2015 yilning 20 iyunidan Özbekistonning barça oliy ta'lim muassasalarida qabul komissiyalari öz işini boşladi.
Özbekiston Oliy va örta maxsus vazirligida ma'lum qilinganidek, hujjatlarni qabul qiliş 20 iyulgaça davom etadi.
Komissiyalar soat 09:00 dan 18:00 gaça işlaydi. Öqişga kirmoqçi bölgan abituriyent qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topşirişi kerak:
- oliy ta'lim muassasasi rektori nomiga ta'lim yönalişi, tili va öqiş şakli körsatilgan holdagi ariza;
- örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limini bitirganlik haqidagi guvohnomaning asli;
- 086/U şaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3,5×4,5 sm ölçamdagi 6 ta fotosurat;
- abituriyentning tanlovdan taşqari asosda öqişga qiriş huquqini tasdiqlovçi xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalar ğolibi bölgani haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- muddatli harbiy xizmatni ötagan abituriyentga harbiy qismdan uning öqişga kirişiga berilgan tavsiyanoma.
Pasport va harbiy majburiyat haqidagi hujjat şaxsan abituriyent tomonidan taqdim qilinadi.
Qabul komissiya yuqoridagi hujjatlarning barçasi mavjud bölganda abituriyentni öqişga qabul qilişdan boş torta olmaydi.
Abituriyentlar imtihonlarni oliy ta'lim muassasasida tahsil oladigan tillarida topşiradilar. Test sinovlari 1 avgustda bölib ötadi.