Saudiya Arabistoni hukumati öz fuqarolariga WikiLeaks portalida “Saudiya telegrammalari” loyihasi ostida çop etilgan maxfiy hujjatlarni öqimaslikni maslahat berdi.
“Haqiqatga töğri kelmaydigan va öz vataningiz xavfsizligiga ziyon yetkazişi mumkin bölgan ma'lumotlar va hujjatlarni topiş uçun turli saytlarga kirişdan ehtiyot böling”, deb aytilmoqda Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi rasmiy tvitterida.
“Saudiya telegrammalari” loyihasi doirasida çop etilgan hujjatlar orasida qirollik Taşqi işlar vazirligining butun dunyo böylab qirollik elçixonalari bilan olib borgan maxfiy yozişmalari, Saudiya Arabistoni turli davlat idoralari, jumladan, Içki işlar vazirligi va razvekda xizmatining hisobotlari mavjud.
Hammasi bölib portalda Saudiya Arabistoniga tegişli 70 mingdan ziyodroq hujjat çop etilgan.






